Korxonalar uchun AI boshqaruv tizimi

Siz ofisda bo'lmasangiz ham korxona nazorat ostida qoladi

AI yordamchi Telegram ichida pulni, qarzdorlikni, vazifa va muddatlarni kuzatadi. Har ertalab sizga bitta xabar keladi: nima yaxshi, nima xavfli, bugun nimaga e'tibor berish kerak. Siz faqat qaror qabul qilasiz.

24/7 ishlaydi Ovozli buyruq 1 500$ dan 10 kundan ishga tushadi
AI
Korxona AI yordamchisionlayn
☀️ Ertalabki brifing
Kecha kirim: 48,2 mln so'm · chiqim: 31,7 mln
Debitorka: 3 mijoz, 112 mln — 1 tasi 10 kun kechikdi
Bugun muddati tugaydigan vazifa: 4 ta08:00
🎙0:07
08:04
Tushundim: “Kechikkan mijozga eslatma yubor, ombor mudiridan qoldiq hisobotini so'ra”. Ikkalasini ham bajardim ✅08:04
📦 Ombor: qoldiq hisoboti keldi. 2 ta xomashyo minimal zaxiradan past — xarid ro'yxatiga qo'shdim.10:32
Tanish holat

Korxona o'sdi, lekin hamma narsa hali ham sizning boshingizda

Xodim ko'paydi, mijoz ko'paydi, aylanma oshdi. Nazorat esa o'sha-o'sha: telefon, eslab yurish va “qachon tayyor bo'ladi?” degan savollar.

01

Pul qayerga ketayotgani oy oxirida bilinadi. Qarzdorlik nazoratsiz, kim qancha to'lamagani — eslab yurilsa.

02

Hisobot so'ralsa kechikadi yoki umuman kelmaydi. Raqamlarni yig'ish uchun bir necha kishiga qo'ng'iroq qilasiz.

03

Topshiriq berildi, keyin unutildi. Muddat o'tgach bilasiz, javobgar esa “eslatishmadi” deydi.

04

Siz bir kun bo'lmasangiz ish sekinlashadi. Har savol rahbarga keladi, strategiyaga vaqt qolmaydi.

Hisoblab ko'ring

Kundalik nazorat sizga oyiga qanchaga tushyapti?

Hisobot so'rash, qo'ng'iroq qilish, eslatish, raqam yig'ish. Bu vaqtni o'sishga sarflasangiz bo'lardi.

Oyiga (26 ish kuni)78 soat
Pulda2 340$

Bu — faqat sizning vaqtingiz. Kechikkan to'lov, unutilgan topshiriq va kech ko'rilgan muammolar narxi bunga kirmagan.

Farq

AI dan oldin va AI bilan

Hozir

  • Pul holati oy oxirida, buxgalter hisobotidan bilinadi
  • Qarzdor mijozni o'zingiz eslab, o'zingiz qo'ng'iroq qilasiz
  • Hisobot uchun 3–4 kishiga yozasiz, kutasiz
  • Topshiriq muddati o'tgach bilinadi
  • Ta'tilga chiqsangiz ham telefon qo'lingizdan tushmaydi

AI Boshqaruv bilan

  • Kirim, chiqim va qarzdorlik har ertalab telefoningizda
  • Kechikkan to'lovni AI o'zi aniqlaydi va eslatadi
  • Bo'limlar hisobotni botga topshiradi, siz tayyor xulosani o'qiysiz
  • Muddat yaqinlashsa javobgarga, kechiksa sizga signal keladi
  • Qayerda bo'lsangiz ham 5 daqiqada korxona holatini bilasiz
Korxonamga qanday tushishini bilmoqchiman →
AI nima qiladi

Rahbarning kundalik nazoratini AI o'z zimmasiga oladi

Yangi dastur o'rganish shart emas — hammasi siz har kuni ishlatadigan Telegram ichida.

☀️

Kunlik brifing

Har ertalab bitta xabar: kecha nima bo'ldi, bugun nimaga e'tibor berish kerak, qaysi raqam xavfli.

💰

Moliya nazorati

Kirim, chiqim, debitorka va xarajat. Kechikkan to'lov bo'lsa AI o'zi ogohlantiradi.

✅

Vazifa va muddat

Har topshiriqning javobgari va muddati bor. AI eslatadi, kechiksa sizga xabar beradi.

🎙

Ovozli buyruq

Yozish shart emas: ovozli xabar avtomatik matnga aylanadi va bajariladi.

👥

Xodimlar boti

Har xodim o'z jarayonini aytib beradi, hisobotni botga topshiradi. Bilim kompaniyada qoladi.

🧠

Bo'limlar uchun AI agentlar

Ishlab chiqarish, sotuv, marketing, moliya — har bo'limga o'z mutaxassis agenti.

AI bilan bir kun

Siz qaror qabul qilasiz, kuzatishni AI qiladi

08:00

Brifing

Pul, qarzdorlik, bugungi muddatlar — bitta xabarda.

09:30

Ovozli topshiriq

“Sotuv bo'limidan haftalik reja so'ra” — AI so'raydi va yig'adi.

12:00

Ogohlantirish

Mijoz to'lovi kechikdi yoki xomashyo kamaydi — darrov signal.

17:00

Bo'lim hisobotlari

Xodimlar botga topshiradi, AI qisqa xulosaga aylantiradi.

21:00

Kun yakuni

Bajarilgan, kechikkan va ertangi asosiy ishlar ro'yxati.

Tariflar

Bitta lavozimdan butun korxonagacha

O'qitish har paketga kiradi. Maqsad va kutilgan natija ish boshlanishidan oldin yozma kelishiladi.

Bazaviy
1 500$
+ Support xizmati alohida hisoblanadi
10 kungacha · bitta lavozim
Natija: Kelishilgan bitta lavozim Telegramda o'z AI yordamchisiga ega: savollarga javob, hisobot va eslatmani AI qiladi.

  • Maqsad va kutilgan natija yozma kelishiladi
  • Server, Claude va Telegram bot o'rnatiladi (24/7)
  • Ovozli xabar avtomatik matnga aylanadi
  • Kelishilgan lavozim uchun AI agent sozlanadi
  • Biznes egasi uchun shaxsiy AI yordamchi (egasini o'rganadi)
  • Kompaniya bilim bazasi va ish jurnali
  • Moliya nazorati: pul harakati, debitorka, xarajat
  • Vazifa, muddat va javobgar nazorati
  • Xodimlar boti: har xodim o'z jarayonini aytib beradi
  • Ishlab chiqarish, sotuv, marketing bo'limlariga ulanish
  • Bo'limlar uchun AI agentlar jamoasi
  • Hisobotlar avtomatik yig'iladi, rahbarga kunlik brifing
  • AI dan oldin jarayon diagnostikasi
  • KPI va boshqaruv paneli
  • 1C, iBox, bank bilan integratsiya (API bo'lsa)
  • O'qitish
  • 1 oy qo'llab-quvvatlash va kuzatuv
Bazaviy tarifini tanlash
Start
3 000$ dan
+ Support xizmati: 100$/oy
20 kungacha · biznes egasining o'ziga
Natija: Biznes egasi har kuni Telegramda pul harakati, debitorka va vazifalar holatini ko'radi, eslatmalar o'zi keladi.

  • Maqsad va kutilgan natija yozma kelishiladi
  • Server, Claude va Telegram bot o'rnatiladi (24/7)
  • Ovozli xabar avtomatik matnga aylanadi
  • Kelishilgan lavozim uchun AI agent sozlanadi
  • Biznes egasi uchun shaxsiy AI yordamchi (egasini o'rganadi)
  • Kompaniya bilim bazasi va ish jurnali (20 tagacha hujjat)
  • Moliya nazorati: pul harakati, debitorka, xarajat
  • Vazifa, muddat va javobgar nazorati
  • Xodimlar boti: har xodim o'z jarayonini aytib beradi
  • Ishlab chiqarish, sotuv, marketing bo'limlariga ulanish
  • Bo'limlar uchun AI agentlar jamoasi
  • Hisobotlar avtomatik yig'iladi, rahbarga kunlik brifing
  • AI dan oldin jarayon diagnostikasi
  • KPI va boshqaruv paneli
  • 1C, iBox, bank bilan integratsiya (API bo'lsa)
  • O'qitish
  • 1 oy qo'llab-quvvatlash va kuzatuv
Start tarifini tanlash
Premium
10 000$+ dan
+ Support xizmati: 300$/oy
3 oy · butun korxona
Natija: Butun korxona AI bilan boshqariladi: diagnostika asosida agentlar jamoasi, KPI paneli va mavjud tizimlar bir joyda.

  • Maqsad va kutilgan natija yozma kelishiladi
  • Server, Claude va Telegram bot o'rnatiladi (24/7)
  • Ovozli xabar avtomatik matnga aylanadi
  • Kelishilgan lavozim uchun AI agent sozlanadi
  • Biznes egasi uchun shaxsiy AI yordamchi (egasini o'rganadi)
  • Kompaniya bilim bazasi va ish jurnali
  • Moliya nazorati: pul harakati, debitorka, xarajat
  • Vazifa, muddat va javobgar nazorati
  • Xodimlar boti: har xodim o'z jarayonini aytib beradi
  • Ishlab chiqarish, sotuv, marketing bo'limlariga ulanish
  • Bo'limlar uchun AI agentlar jamoasi (cheklanmagan)
  • Hisobotlar avtomatik yig'iladi, rahbarga kunlik brifing
  • AI dan oldin jarayon diagnostikasi
  • KPI va boshqaruv paneli
  • 1C, iBox, bank bilan integratsiya (API bo'lsa)
  • O'qitish (joyida guruh trening)
  • 1 oy qo'llab-quvvatlash va kuzatuv
Premium tarifini tanlash
Nima kiradiBazaviy1 500$Start3 000$ danBiznes5 000$ danPremium10 000$+ dan
Maqsad va kutilgan natija yozma kelishiladi✓✓✓✓
Server, Claude va Telegram bot (24/7)✓✓✓✓
Ovozli xabar avtomatik matnga✓✓✓✓
Kelishilgan lavozim uchun AI agent✓✓✓✓
Biznes egasi uchun shaxsiy AI yordamchi—✓✓✓
Kompaniya bilim bazasi va ish jurnali—✓ 20 hujjat✓✓
Moliya nazorati: pul harakati, debitorka, xarajat—✓✓✓
Vazifa, muddat va javobgar nazorati—✓✓✓
Xodimlar boti va jarayon intervyusi——✓✓
Ishlab chiqarish, sotuv, marketing bo'limlariga ulanish——✓✓
Bo'limlar uchun AI agentlar jamoasi——✓ 5 gacha✓ cheklanmagan
Avtomatik hisobot va kunlik brifing——✓✓
AI dan oldin jarayon diagnostikasi———✓
KPI va boshqaruv paneli———✓
1C, iBox, bank integratsiyasi (API bo'lsa)———✓
O'qitish✓✓✓✓ joyida trening
1 oy qo'llab-quvvatlash va kuzatuv—✓✓✓
Portfolio

Gap emas — ishlab turgan tizimlar

Mijozga taklif qilayotgan hamma narsani avval o'zimizda qurib, har kuni ishlatamiz.

O'zimiz qurgan AI tizimlar

Boshqaruv

Tizimchi ERP

Butun kompaniya bitta panelda: moliya, CRM voronka, vazifa va muddat, KPI, Kaizen. Telegram bot orqali ovoz bilan boshqariladi, har kuni o'zi hisobot beradi.

HR

RekruterAI

Xodim tanlash platformasi: lavozim profili, nomzodlar voronkasi va karyera yo'li. AI nomzodni lavozim talabiga solishtiradi.

app.rekruterai.uz →
Ombor

Nazorat AI

Kamera orqali omborlar tarmog'ini kuzatish: kirim-chiqim, qoidabuzarlik va g'ayrioddiy holatlar haqida darrov signal.

Demoni ko'rish →
Ishlab chiqarish

9 ta ishlab chiqarish agenti

Ishlab chiqarish direktori, rejalashtirish, sex boshlig'i, texnolog, sifat, ta'minot, tannarx, ombor agentlari. Har biri real korxona ma'lumotida ko'r sinovdan o'tkazilgan.

Xodimlar

Tahlilchi xodim boti

Xodim o'z ishini botga aytib beradi, bot jarayonni yozib oladi va tahlil qiladi. Bilim xodim bilan ketib qolmaydi, kompaniyada qoladi.

Ta'lim

AI Integrator bot

Tadbirkor shaxsiy AI agentini bot yordamida qadamma-qadam o'zi quradi: server, Telegram, ovoz, kunlik brifing.

Mijozlar bilan loyihalar

Jarayonda · AI Premium

Opalubka ishlab chiqarish va ijara

2 shahar, 20 xodim. CRM va sotuv, ijara hisobi, ishlab chiqarish tannarxi, moliya va ombor — bitta AI tizimga ulanmoqda. Maqsad: rahbar vaqtini bo'shatib, yangi filialga yo'naltirish.

Diagnostika · AI reja

Water Tech — suv filtrlari zavodi

Diagnostikada 109 ta muammo topildi, shundan 22 tasini AI bilan 3 oyda yopish rejasi tuzildi: kunlik unumdorlik hisoboti, reja-fakt, rahbar brifingi.

Konsept · 3D model

3 gektarlik tovuq fermasi

Broyler, tuxum va inkubator bitta majmuada: interaktiv 3D model, bosh reja, uskunalar, kadrlar va har bino datchiklari monitoringi namunasi.

Loyihani ko'rish →
AI integratsiya

Biznes ta'lim loyihasi

O'quv dasturi va ishtirokchilar jarayoni AI bilan avtomatlashtirildi: reyting, modullar ketma-ketligi va hisobotlar o'zi yangilanadi.

Korxonam uchun shunday tizim kerak →
Jarayon

Birinchi suhbatdan ishlaydigan tizimgacha

Maqsadni kelishamiz

Qaysi lavozim yoki bo'lim, qanday natija kutilyapti — yozma kelishiladi. Natija o'lchanadigan bo'ladi.

Texnik tayyorgarlik

Server, Claude va Telegram bot o'rnatiladi. Tizim 24/7 ishlaydi, kompyuteringiz yoqiq turishi shart emas.

Intervyu va bilim bazasi

Siz va xodimlar jarayonni ovoz bilan aytib berasiz. AI kompaniyangizni, atamalaringizni va qoidalaringizni o'rganadi.

Agentlar sozlanadi

Moliya, vazifa, bo'lim agentlari va kunlik brifing ishga tushadi. Har biri real ma'lumotda sinaladi.

O'qitish

Rahbar va xodimlarga qanday ishlatish o'rgatiladi. Premiumda — joyida guruh trening.

Kuzatuv va support

Birinchi oy natijani birga kuzatamiz va tuzatamiz. Keyin oylik support bilan tizim rivojlanadi.

Kim quradi

AI dan oldin — boshqaruv tajribasi

Tizimni biznes boshqaruv konsultanti Otabek Azimov jamoasi quradi. Biz AI ni “chiroyli bot” uchun emas, boshqaruv muammosini yopish uchun joriy qilamiz: avval jarayonni tushunamiz, keyin AI ga topshiramiz.

7
o'zimiz qurgan AI tizim
9
ishlab chiqarish agenti sinovdan o'tgan
24/7
AI tizim ishlaydi
10 kun
eng tez ishga tushirish
Savollar

Ko'p beriladigan savollar

Bizda texnik mutaxassis yo'q. Ishlata olamizmi?

Ha. Hammasi Telegram ichida: yozasiz yoki ovoz yuborasiz. Server, sozlash va texnik ishlarni biz qilamiz, o'qitish har paketga kiradi.

Ma'lumotlarimiz xavfsizmi?

Tizim sizning alohida serveringizda ishlaydi, boshqa mijozlar bilan aralashmaydi. Botga faqat siz ruxsat bergan odamlar kira oladi.

Bizda 1C yoki iBox bor. Ulab bo'ladimi?

Premium tarifda 1C, iBox va bank bilan integratsiya qilinadi (tizimda API bo'lsa). Boshqa tariflarda ma'lumot Telegram orqali kiritiladi yoki fayldan o'qiladi.

Qaysi tarifdan boshlash kerak?

Ko'pincha Start yoki Biznesdan. Agar avval sinab ko'rmoqchi bo'lsangiz — Bazaviy: bitta lavozim, 10 kunda natija. Keyin yuqori tarifga o'tsangiz, qilingan ish saqlanadi.

Support nima uchun kerak?

AI tizim jonli: yangi hisobot, yangi xodim, yangi jarayon qo'shiladi. Support davomida sozlash, kuzatuv va kichik o'zgarishlarni biz qilamiz.

To'lov qanday bo'ladi?

Shartnoma asosida. Maqsad va natija yozma kelishilgandan keyin ish boshlanadi. Aniq shartlarni suhbatda kelishamiz.

Bepul suhbat

Korxonangizda AI nimani o'z zimmasiga olishi mumkin — 30 daqiqada aniqlaymiz

Ariza qoldiring, siz bilan bog'lanamiz.

  • Qaysi lavozim yoki bo'limdan boshlash foydali
  • Sizga mos tarif va muddat
  • Birinchi oyda qanday natija kutish mumkin

Yoki to'g'ridan-to'g'ri: Telegram · +998 93 717 56 06

Ma'lumotlaringiz faqat siz bilan bog'lanish uchun ishlatiladi.
Bepul suhbatga yozilish